Bugun, 27- sentabr kuni “Jamoat nazorati” telegram kanalida Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi "Makro" savdo majmuasi hududida joylashgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Farg‘ona” BXO tasarrufidagi bankomat ishlamayotganligi yuzasidan murojaat e’lon qilingan. Ayrim texnik sabablarga ko‘ra bankomat ma’lum muddat ish faoliyatida bo‘lmagan. Hozirda mazkur muammo bartaraf etilgan va mijozlar bankomatlarimizdan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun so'raymiz.