“Xalq nazorati” telegram kanalida “Trastbank”ning bosh ofisida shu bankning qaysidir filialida ochilgan plastik kartaning ishlayotgan yoki ishlamayotganligini tekshirish imkoniyati ham yo‘q ekan, degan murojaat e’lon qilindi.
Shuni ma’lum qilamizki, “Trastbank”ning Amaliyot boshqarmasi yoki boshqa tuzilmalarida hududlardagi bank xizmatlari ofislarida emissiya qilingan kartalar ishlayotgan yoki ishlamayotganligini tekshirish mumkin. Bu borada hech qanday taqiq mavjud emas. Bundan tashqari, kartani pul mablag‘lari bilan to‘ldirish, undagi parollarini o‘zgartirish, bank mobil ilovasiga qo‘shish mumkin.
Mijozlarda bu borada savollar tug‘ilsa. 1287 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib mutaxassislaridan javob olishlari mumkin.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
40