“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida qarzdorga/mijozga ajratilgan kredit bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilingan garov mulkini bosqichma-bosqich garovdan ozod qilish yoki garov mulkini almashtirish tartibi tasdiqlangan edi. Ushbu hujjat Bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilingandi.
“Trastbank” XAB Boshqaruvining 2026-yil 1-iyundagi qaroriga muvofiq mazkur tartibga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, uning yigirma uchinchi bandining “f” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:
f) murojaatga (arizaga) rad etish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, bu to‘g‘risida asoslantirilgan (aniq sabablarini ko‘rsatgan) holda qarzdorga/mijozga (garovga qo‘yuvchiga) xabar berish muddati: 2 bank ish kuni (qarzdorga/mijozga shaxsan topshiriladi yoki qarzdorning/mijozning yuridik, elektron pochta manzillariga yuboriladi).
Mazkur hujjat bilan to‘liq tanishish uchun havola: https://trastbank.uz/uz/documents/2466/187519/





