Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB Germaniyaning “Helaba” banki (Landesbank Hessen-Thüringen) bilan 10 mln yevrolik kelishuv imzoladi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB Germaniyaning “Helaba” banki (Landesbank Hessen-Thüringen) bilan 10 mln yevrolik kelishuv imzoladi
1 Okt 2025

  2025-yil 29-sentabrdan 2-oktabrga qadar Germaniyaning Frankfrut shahrida “Sibos 2025” forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda jahon moliyaviy hamjamiyatining 12 000 dan ortiq aʼzolari o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni mustahkamlash uchun muzokaralar olib  bormoqda.

photo_2025-10-01_15-22-00.jpg

  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki delegatsiyasi ham mazkur Forumda ishtirok etib, qator xalqaro moliya muassasalari bilan uchrashmoqda va muhim kelishuvlarga erishmoqda. “Helaba” banki (Landesbank Hessen-Thüringen) rahbariyati bilan uchrashuv shular jumlasidandir.   

photo_2025-10-01_15-13-40.jpg

  Ta’kidlash joizki, “Helaba” banki Frankfurt-Mayndagi yetakchi universal banklardan biri bo‘lib, umumiy aktivlari taxminan 212 mlrd yevroni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bank nafaqat Germaniyada, balki boshqa xorijiy mamlakatlarda ham moliya institutlari, institutsional investorlar hamda davlat sektoriga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Tashkilotning xalqaro miqyosdagi uzoq muddatli kredit reytinglari: “Aa3” (Moody’s), “A+” (Fitch), ikkala reyting ham “barqaror” prognozga ega.

photo_2025-10-01_15-22-00 (2).jpg

 photo_2025-10-01_15-16-52 (2).jpg

 Uchrashuv doirasida “Trastbank” XAB va Germaniyaning “Helaba” banki o‘rtasida 10 mln yevrolik kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlatda xalqaro savdo loyihalarini amalga oshirish hamda biznesni rivojlantirish uchun kredit resurslari taqdim etiladi. Shuningdek, ushbu kelishuv “Trastbank”ning jahon moliya bozoridagi barqaror pozitsiyasini aks ettiradi.

  photo_2025-10-01_15-22-00 (3).jpg

“Trastbank” XAB delegatsiyasining Germaniyadagi rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 6
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech