Bank mijozlarining chegaralararo to‘lovlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida hamda milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik baki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida O‘zbekiston so‘mida vakillik hisobvarag‘ini ochdi.
Milliy valyutada hisobvaraq ochilishi bank mijozlariga eksport-import shartnomalarini so‘mda tuzish va hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa moliyaviy operatsiyalarni sezilarli darajada osonlashtiradi, valyuta xatarlarini kamaytiradi, konvertatsiya uchun qo‘shimcha xarajatlardan qochishga yordam beradi. Shuningdek, to‘lovlarni tezlashtirib, buxgalteriya hisobini soddalashtiradi. Umuman olganda, milliy valyutaning xalqaro savdodagi rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
17