Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xodimlari xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etdi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xodimlari xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etdi
30 Mar 2026

Joriy yilning 26–28-mart kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko‘rgazmasi va “Made in Afghanistan Expo Tashkent 2026” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ularda “Trastbank” XAB Bosh ofisi mutasaddilari, qolaversa, Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon”, “Yakkasaroy”, “Bektemir”, “Raqamli” bank xizmatlari ofislari boshqaruvchilari o‘rinbosarlari hamda BXM boshliqlari ishtirok etdi.photo_2026-03-30_17-59-51.jpg

photo_2026-03-30_18-00-02.jpg Mazkur ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi uskunalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalarga “Trastbank”ning kredit, valyuta operatsiyalari, xorijiy kredit liniyalari hamda to‘lov xizmatlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan Germaniya, Italiya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston va bir qator Yevropa mamlakatlari yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi bank yo‘nalishidagi savollariga javob berildi.photo_2026-03-30_17-59-47.jpg

photo_2026-03-30_17-59-58.jpg Xulosa o‘rnida qayd etish joizki, ko‘rgazma doirasida olib borilgan muzokaralar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.photo_2026-03-30_18-00-06.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech