Jamiyatda xotin-qizlarning mavqeyini oshirish, ularga o‘z iqtidori, intellektual salohiyatini namoyon etishga imkon yaratish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash har bir tashkilot oldidagi ustuvor vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida 800 nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat qiladi. Moliya muassasasi o‘zining 30 yillik faoliyati davomida nafaqat o‘z xodimalariga, balki yurtimizdagi barcha ayollarga munosib hurmat va ehtiromini namoyon etib kelmoqda.

Bugun, 6-mart kuni “Trastbank” XAB Bosh ofisida “Xotin qizlar manfaatlarini ulug‘lagan qadriyatlarimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tadbir o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning oilada, jamiyatda tutgan o‘rni, xususan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollarning huquq va manfaatlari, gender tenglikni ta’minlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shu jumladan, 2021-yilda “Trastbank” XABda Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi tashkil etildi. Tadbirda ushbu Kengash tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda istiqboldagi vazifalar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.


Bundan tashqari, tadbirga taklif etilgan O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova ‘Trastbank”ning barcha munis ayollari hamda latofatli qizlarini bayram bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ular tomonidan qilingan badiiy chiqishlar hamda ayollarni madh etuvchi go‘zal she’rlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.





