Birlamchi bozordan uy-joy (kvartira) sotib olish uchun ipoteka krediti

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki yana bir ipoteka kreditini taqdim etadi. “O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan aholiga birlamchi bozordan ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarni sotib olish uchun ajratiladi. Mazkur kredit mahsuloti orqali orzuyingizdagi xonadonga ega bo‘ling.
|
№ |
Ko‘rsatkich nomi |
Shartlari |
|
1 |
Mijoz (Qarz oluvchi) |
Jismoniy shaxs (daromad manbaiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va rezidentlari) |
|
2 |
Kredit maqsadi |
Birlamchi uy-joy bozoridan (yangi qurilgan uy-joy) ko‘p qavatli uy- joylardagi xonadonni sotib olish |
|
3 |
Kreditlash manbai |
“O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan |
|
4 |
Miqdori |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 500,0 mln so‘mgacha Toshkent shahri uchun - 800,0 mln so‘mgacha |
|
5 |
Muddati |
240 oygacha |
|
6 |
Boshlang‘ich badal |
Uy-joy narxining kamida 25 foizi miqdorida |
|
7 |
Yillik foiz stavkasi |
Markaziy bank asosiy stavkasi +6 foiz miqdorida |
|
8 |
To‘lov usuli |
Annuitet yoki differensial usulda (imtiyozli davrsiz) |
|
9 |
Kredit ajratish shakli |
Quruvchi (pudrat) tashkilotining bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi |
|
10 |
Oylik daromadlari |
Ish haqi (oxirgi ish joyining kamida 6 oylik daromadi) |
|
11 |
Ta’minot |
Kredit hisobiga sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) |
|
12 |
Turar-joy sug‘urtasi |
Turar-joy qiymatining 100 % miqdorida sug‘urta qilinadi |
|
13 |
Qarz oluvchilar/birgalikda qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) muvofiqlik mezonlari: |
- murojaat qilgan kunida 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan va - doimiy ish joyiga (doimiy daromadga) ega, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi. |
Kreditning asosiy shartlar to'g'risida axborot varaqasi (yuklab olish)
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:
| № | Bank xizmatlari ofislari nomlari | Telefon raqamlar |
|---|---|---|
| 1 | Amaliyot boshqarmasi | (+99871) 207-62-84 |
| 2 | “Toshkent” BXO | (+99871) 230-40-92 |
| 3 | “Darxon” BXO | (+99871) 237-06-45 |
| 4 | “Yakkasaroy” BXO | (+99871) 255-18-70 |
| 5 | “Andijon” BXO | (+99895) 202-03-10 |
| 6 | “Namangan” BXO | (+99869) 223-19-65 |
| 7 | “Samarqand” BXO | (+99866) 237-74-02 |
| 8 | “Termiz” BXO | (+99876) 227-35-00 |
| 9 | “Qarshi” BXO | (+99875) 227-25-25 |
| 10 | “Farg‘ona” BXO | (+99873) 244-40-28 |
| 11 | “Jizzax” BXO | (+99872) 226-20-16 |
| 12 | “Buxoro” BXO | (+99865) 505-06-06 |
| 13 | “Bektemir” BXO | (+99855) 901-10-10 |
| 14 | “Raqamli” BXO | (+99855) 506-07-60 |
Chakana biznes departamentining telefon raqami: (+ 998 71) 207-36-44. Ichki raqam (11272, 11370, 11407)