Hozirgi rivojlangan zamonda bank plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lov tizimidan foydalanish keng tarqalgan. Ular supermarketlar, do‘konlar, servis kompaniyalari, uyali aloqa kompaniyalari, avia va temir yo‘l kassalari, yonilg‘i quyish shoxobchalari va boshqalarda to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadi. Elektron terminallar bilan jihozlangan istalgan savdo nuqtasida plastik kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Plastik kartaning afzalliklari:
- Hisob-kitoblarning samaradorligi va aniqligi;
- Xavfsizlik;
- Mablag‘larning to‘planishi;
Plastik karta yordamida siz quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:
- Kartadagi mablag‘ni to‘liq yoki qisman yuklash;
- Mablag‘ni yopiq holatdan ochiq balansga o‘tkazish (ochiq balansdan mablag‘ sarflash uchun parol talab qilinmaydi);
- Kartaning parolini, shu jumladan, terminal orqali ham o‘zgartirish;
- Naqd pul oqimlari to‘g‘risida, shu jumladan, terminal orqali ham ma’lumotnoma olish;
- Karta balansida, shu jumladan, terminal orqali yordam olish;
- Naqd pul olish.
Bank kartalari – zamonaviy, qulay va pulingiz xavfsizligini kafolatlaydigan elektron hamyondir.
Uzcard kartasi ochish shartlari:
Ariza
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
Bank va jismoniy shaxs o’rtasidagi shartnoma
Tarifi: bepul
To‘liq ma’lumotni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:
Telefon: (998 71) 207 62 28