“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banli aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan XAB “Trastbank” aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi
“Trastbank” XAB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi
Tashkiliy savollar:
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
- Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
2024-yil 14-iyun soat 15: 00
- “Trastbank” XAB ning 2023-yil faoliyati yakunlari va 2024-yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
- Bankning 2023-yildagi moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha xulosani tasdiqlash.
- 2023-yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:
- moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- foyda va zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
- pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
- 2023-yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
- Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.
- “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
- “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kuzatuv Kengashi to‘g‘risidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
- “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
- 2023 - yilda olingan foydani taqsimlash.
- Bank faoliyatining 2024 yilning 1-yarim yilligi va 2024 yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.
- “Trastbank” XAB Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish.
- Balansdan tashqari hisoblarda hisobi yuritilayotgan, umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha 2023-yilda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
- Bank Kuzatuv Kengashining 2023 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash
- Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.
- 2023-yil yakunlari bo‘yicha Bankning korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
- Kuzatuv Kengashining ikki yoki undan ortiq a’zosi affillangan shaxs bo‘lgan taqdirda, kelgusida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy xo 'jalik faoliyati jarayonida affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni tasdiqlash.
“Trastbank” XAB aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi 2024-yil 14-iyunda Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy, “Trastbank” XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana – 2024- yil 20-may.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida 2024-yil 10-iyun holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyadorlari, Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.
Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:
(78)140-00-88, (71) 207-62-12.
www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz