Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

XAB “Trastbank” aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

Yangilangan sana: 28 Avgust 2017, 11:19

Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7 uyda joylashgan XAB “Trastbank” aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:
1. Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi 2017 yil 30 avgust soat 15: 00 min.

1. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.
2. Bank Ustaviga o‘zgartirish kiritish.
3. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki Kengashi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish.

«Trastbank» XAB aksiyadorlar navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2017 yil 30 avgustda Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy, «Trastbank» XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanishi soat 15:00 da.
«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2017 yilning 24 avgust holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uyda tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank navbatdan tashqari aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: 198-41-09, 140-00-88, 244-76-43.
www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Bank Kengash
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech