Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7 uy manzilida joylashgan XAB “Trastbank” aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi

Yangilangan sana: 28 Iyul 2022, 10:15

«Trastbank» XAB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

Tashkiliy savollar:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

2020 yil 20 may soat 15: 00 

 

  1. «Trastbank» XABning 2021 yil faoliyati yakunlari va 2022 yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
  2. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ning 2021 yil yakunlari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.
  3. 2021 yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:
  • moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot,
  • foyda va zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,
  • kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
  • pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
  • 2021 yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
  1. 2021 yilda olingan foydani taqsimlash.
  2. Bank faoliyatining 2022 yilning 1-yarim yilligi va 2022 yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.
  3. «Trastbank» XAB Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish.
  4. Balansdan tashqari hisoblarda hisobi yuritilayotgan, umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha 2021 yilda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish.
  5. Bank Kuzatuv Kengashining 2021 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.
  6. Bank Kuzatuv Kengashi a’zolarining son tarkibini tasdiqlash.
  7. Bank Kuzatuv Kengashi a’zolarini saylash.
  8. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni saylash.
  9. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  10. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.
  11. Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
  12. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining 2022-2026 yillarda uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
  13. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar
  14. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
  15. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki taftish komissiyasi (taftishchisi) to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
  16. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar
  17. Davlat qimmatli qog‘ozlar (g‘aznachilik majburiyatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari (obligatsiyalar), Markaziy bank obligatsiyalari) bilan yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida.

 

 «Trastbank» XAB aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi 2022 yil 20 mayda Toshkent shahri, Navoiy kuchasi, 7 uy, «Trastbank» XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

 Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.

 Aksiyadorlarning  umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2022 yil 27 aprel.

 «Trastbank» XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida

 2022 yil 16 may holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

 Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadigan uning vakili orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish "ovoz beruvchi bitta aksiyasi - bitta ovoz" prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, kuzatuv kengashi a’zolarini saylash bo‘yicha kumulyativ ovoz berishni o‘tkazish hollari bundan mustasno

 Bank aksiyadorlari, Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.

 Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

(78)140-00-88, (71) 207-62-12.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech