Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar

Yangilangan sana: 28 Iyul 2022, 10:51

“Trastbank”  xususiy aksiyadorlik banki (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi. 

Tashkiliy savollar: 

  1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

“Trastbank XAB aksiyadorlarining

navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi 

2021 yil 26 noyabr soat 15: 00da 

  1. O‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydasini taqsimlash to‘g‘risida
  2. Umumiy zahira fondini shakllantirish to‘g‘risida.
  3. “Standart” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zahiralarni shakllantirish to‘g‘risida.
  4. Bank kuzatuv kengashi a’zolarini saylash. 

 

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021 yil
26 noyabr kuni Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy manzili bo‘yicha
“Trastbank” XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, yig‘ilish boshlanishi soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning  navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2021 yil 2 noyabr. 

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2021 yilning 22 noyabr holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.

Aksiyadorlar, navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uy manzilida tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

(78)140-00-88, (71) 207-62-12. 

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech