Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

"Ayol tadbirkor" krediti

Yangilangan sana: 11 Noyabr 2026, 17:34


Shartlari 

 Kredit summasi

 3 000 000 000,00 so‘mgacha

 Kredit maqsadi

 Barcha kichik va o‘rta biznes subyektlariga biznesni rivojlantirishga barcha maqsadlar uchun. (Qonunchilikda taqiqlanmagan maqsadlar uchun) 

 Kredit turi

 Pul o‘tkazish va/yoki naqd pul ko‘rinishida ((yopiq) kredit liniyasini ochmasdan).

 Kredit valyutasi

 Milliy valyutada.

 Kredit ajratish shartlari

 Kredit muddati 

 Imtiyozli davr 

 Asosiy depozit hisobvarag‘i ochgan mijozlarga

Ikkilamchi depozit hisobvarag‘i ochgan mijozlarga

    12 oygacha

2 oygacha

20 %

21 %

     18 oydan
     36 oygacha

6 oygacha

21 %

22 %

 Loyiha taʼminoti

 Ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari va pul mablag‘lari garovi (garov qiymati ajratilayotgan kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim).

 Ta’minotga mol-mulk garovi qabul qilingan taqdirda garov mulkiga bo‘lgan talab

 - noturar joy va/yoki turar joy (turar joyda hech kim roʻyxatda boʻlmasligi lozim);

 - garovga qabul qilinayotgan avtotransport vositalarining ishlab chiqarilganligiga
5 yildan ko‘p bo‘lmasligi lozim (Davlat texnik nazorat boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tadigan maxsus texnika vositalari garov ta’minoti sifatida qabul qilinmaydi). Agar garovga qabul qilinayotgan avtotransport vositalarining ishlab chiqarilganligiga 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda ushbu mulklar muddati 24 oygacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin;

- garovga taqdim etilayotgan garov mulklari boshqa garovlardan ozod bo‘lishi lozim (“Trastbank” XABda aynan shu mijozning boshqa kreditlari boʻyicha garovda boʻlgan hollar bundan mustasno).

 Qo‘shimcha ta’minot

 Qo‘shimcha ta’minot sifatida yuridik va jismoniy shaxslarning uchunchi shaxs kafilligi va boshqa ta’minotlar qabul qilinishi mumkin.

 Uchunchi shaxs kafilligiga bo‘lgan talablar:

 - kafilning so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmagan bo‘lishi lozim;

 - faoliyati zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi lozim;

 - doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi lozim;

 - Yakka tartibdagi tadbirkor o‘zining olinayotgan kreditiga jismoniy shaxs sifatida kafilligi qabul qilinmaydi.

Tadbirkorlik subyektiga (qarz oluvchiga) bo‘lgan talablar

 Tadbirkorlik subyektiga (qarz oluvchiga) bo‘lgan talablar

 Ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqorini tashkil qilgan va (yoki) rahbari ayol kishi bo‘lgan kichik va o‘rta biznes subyektlari

 Asosiy hisob raqamiga bo‘lgan talab

 Ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotganligiga 6 oydan kam bo‘lmagan bo‘lishi lozim

 Pul aylanmalariga talab

 Qarz oluvchining oxirgi 6 oy davomida uzluksiz tushumga ega bo‘lishi hamda tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushayotgan pul mablag‘larining o‘rtacha bir oylik tushumi ajratiladigan va amaldagi kredit mablag‘lari bo‘yicha oylik  to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lishi lozim

 Hisob raqam holatiga bo‘lgan talab

 2-sonli kartotekada qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.

 Buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari

 Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha zararsiz ishlayotgan va  nolikvidli balansga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishi lozim (yuridik shahslar uchun) (Bunda so‘ngi moliyaviy yil va so‘ngi chorak uchun buxgalteriya balansi hisoboti inobatga olinadi)

 Xoʻjalik yurituvchi subyektlar majburiyatlariga bo‘lgan talab

 Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan kichik va o‘rta biznes subyektlari (kredit tarixiga ega bo‘lmagan qarz oluvchilar ijobiy kredit tarixiga ega deb tasniflanadi);

 Kredit tarixiga bo‘lgan talab

 Qarz oluvchida so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmagan va oxirgi 12 oyda 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishi lozim.


Kredit shartnomasining namunaviy shakli
Kreditning asosiy shartlar to'g'risida axborot varaqasi 

Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta kredit muddatiga rasmiylashtiriladi. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda maksimal xarajat aks ettiriladi.
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mustaqil ravishda to‘ldirilishi mumkin. Garov mulkini baxolash xarajati o‘rtacha 3,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.
Notarial idora tomonidan, belgilangan miqdorlarda davlat boji to‘lanadi. Garov shartnomasini notarial rasmiylashtirish xarajati o‘rtacha 1,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.


«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun kichik biznes sub'ektlari tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech