PRESTIJ AVTO
PRESTIJ AVTO
|
Ko‘rsatkichlar |
Asosiy talablar |
|
|
Kreditlash shartlari |
||
|
Kredit maqsadi |
O‘zbekistonda va/yoki chet elda ishlab chiqarilgan (ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan) yengil hamda yuk tashish uchun mo‘ljallangan turdagi avtotransport vositasini birlamchi (rasmiy diller orqali) hamda ikkilamchi bozordan xarid qilish uchun (bunda chet elda ishlab chiqarilgan yangi foydalanishda bo‘lmagan avtotransport vositalarining VIN raqami bo‘lishi lozim) |
|
|
Avtotransport vositalarining toifalari |
- M1 toifadagi avtotransport vositalari - yo`lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o`rindigidan tashqari o`rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari; - N1 toifadagi avtotransport vositalari - toifasi- yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalari. |
|
|
Kredit muddati |
60 oydan oshmagan muddatga |
|
|
Mijozningulushu va kredit foiz stavkasi |
Mijozning o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etadigan ulushi miqdori |
Kredit yillik foiz stavkasi |
|
Qarz oluvchi tomonidan 1 yil davomida asosiy faoliyatdan uzluksiz pul tushumlari mavjud bo`lganda o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etish talab etilmaydi (o‘rtacha bir oylik tushumi amaldagi kredit shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan taqdirda) (imtiyozli davrsiz) |
27 foiz |
|
|
30 foiz |
26 foiz |
|
|
40 foiz |
25 foiz |
|
|
50 foiz va undan yuqori |
24 foiz |
|
|
Ajratiladigan kredit uchun asosiy qarzni qaytarishga beriladigan imtiyozli davr |
3 oygacha |
|
|
Kredit turi |
Yopiq (kredit liniyasi ochmasdan) |
|
Yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar loyihalari uchun umumiy ta`lablar
|
Taʼminotga bo‘lgan talab, jumladan: |
Sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovi hamda sug‘urta polisi |
|
Avtotransport vositalarini sotib olish uchun ta’minotga bo‘lgan, minimal talablar |
- garov sifatida kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasini garovga taqdim etgunga qadar (garov shartnomasi rasmiylashtirilgungacha amalda bo‘lishi kerak) kredit qaytmaslik xavf-xatarini oldini olish maqsadida sug‘urta polisi; - kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki kengashining 707-sonli ““Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida beriladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq shartnomadagi avtotransport vositasi narxining 80%gacha bo‘lgan miqdorda); - avtotransport vositasi garovidan so‘ng, kreditning ta’minlanmagan qismiga sug‘urta polisi (kreditning butun davriga). |
|
Alohida sharti |
- Kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovga taqdim etilgan taqdirda, shartnoma shartlaridan kelib chiqib, avtotransport vositasi yetkazib berilgandan so’ng 10 kalendar kunida, biroq 90 kalendar kunidan oshmagan muddat ichida (to‘lov amalga oshirilgan sanadan boshlab) garovga qo‘yish sharti bilan (ushbu shart bajarilmagan taqdirda, ajratilgan kreditni muddatidan oldin so‘ndirish bo‘yicha qo‘shimcha shartlar anderrayter qarorida belgilab o‘tilishi lozim). - Agar qarzdor tomonidan boshqa garov taqdim etgan taqdirda garovdan ozod bo‘lishi lozim (“Trastbank” XABda aynan shu mijozning boshqa kreditlari boʻyicha garovda boʻlgan hollarda bundan mustasno). |
|
Qarz oluvchi tomonidan boshqa (ko`chmas mulk va/yoki avtotransport) garovlar taqdim etgan taqdirda |
|
|
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan talablar |
- garovga qabul qilinayotgan ko‘chmas mulklarning garov qiymati olinayotgan kredit summasining 100 foizidan kam bo‘lmasligi lozim; (Ta`minotning qolgan qismiga sug‘urta polisi, kafillik, pul mablag‘lari garovi ta’minoti taqdim etilishi mumkin); - garov ta’minoti noturar joy va/yoki turar joy bo‘lishi lozim (turar joyda hech kim roʻyxatda boʻlmagan taqdirda); |
|
Avtotransport garoviga bo‘lgan talablar |
- garovga qabul qilinayotgan avtotransport vositalarining garov qiymati olinayotgan kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi hamda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ko‘p bo‘lmasligi lozim (Davlat texnik nazorat boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tadigan maxsus texnika vositalari garov ta’minoti sifatida garovga qabul qilinmasin) |
|
3-shaxs kafilligi faqat qo‘shimcha ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin |
|
|
Tadbirkorlik subyektiga bo‘lgan talablar |
|
|
Hisob raqam holatiga bo‘lgan talab |
2-sonli kartotekada qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim |
|
Buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari |
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha zararsiz ishlayotgan va nolikvidli balansga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishi lozim. (Bunda so‘ngi moliyaviy yil va so‘ngi chorak uchun buxgalteriya balansi hisoboti inobatga olinadi) |
|
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar majburiyatlariga bo‘lgan talab |
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxslar (yangi tashkil etilgan va kredit tarixiga ega bo`lmagan qarz oluvchilar ijobiy kredit tarixiga ega deb tasniflanadi) |
|
Kredit tarixiga bo`lgan talab |
Qarz oluvchida so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmagan va oxirgi 3 oyda 30 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishi lozim |
|
Asosiy hisob raqamiga bo‘lgan talab |
Asosiy depozit hisobvarag‘i kredit ajratayotgan bank xizmatlari ofisida bo‘lishi lozim |
Korporativ mijozlar uchun kredit shartnomasining namunaviy shakli (yuklab olish)
