2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, seleksiya va tayyorgarlik tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida o‘tkazilgan edi. Unda bir qator vazifalar, jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida ham sportni ommalashtirish boʻyicha yangi tartib belgilangandi. Har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat va tuman hokimi oʻz xodimlarining sport bilan shugʻullanishi uchun namuna boʻlishi hamda sharoitlarni kengaytirishi shartligi ta’kidlangandi.
Shu jihatdan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan hududdagi tijorat banklari orasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Ushbu bellashuvlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Andijon” bank xizmatlari ofisi to‘psurar yigitlari faol ishtiroki bilan alohida ajralib turdi.
Musobaqa mobaynida jamoa o‘zining taktik o‘yinlari, chiroyli gollari ila raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shu o‘rinda, “Andijon” BXO jamoasini ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz. Viloyatdagi banklar orasidagi peshqadamligi bardavom bo‘lishini tilaymiz.




