Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB “The Bank of New York Mellon” (AQSh) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB “The Bank of New York Mellon” (AQSh) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
12 Okt 2026

 Kichik, o‘rta va xususiy biznes uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish “Trastbank” XABning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bank investitsiyaviy faollikni oshirish, kredit liniyalarini jalb etish, savdoni moliyalashtirish hamda eng yuqori xalqaro ishonchlilik reytingiga ega bo‘lgan hamkorlarni tanlashga e’tibor qaratgan holda xalqaro aloqalarni faol rivojlantirmoqda. 
 “Trastbank” XAB Bosh ofisida AQShning yirik moliya institutlaridan biri – “The Bank of New York Mellon” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur muzokaralar 2018-yildan buyon faol rivojlanib kelayotgan ko‘p yillik ikki tomonlama muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu uzoq muddatli sheriklik doirasida Amerika delegatsiyasining navbatdagi tashrifi banklar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi, yanada chuqur strategik bosqichga olib chiqdi.

1W7A7378 (2).JPG
 Uchrashuvning asosiy mavzusi AQSh dollarida to‘g‘ridan to‘g‘ri vakillik hisobvaraqlarini ochish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Bu “Trastbank”ka transchegaraviy kliring operatsiyalarini vositachi banklarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida mijozlar uchun xalqaro hisob-kitoblar tezligini sezilarli darajada oshiradi va komissiya to‘lovlarini kamaytiradi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar vakillik munosabatlarini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Real iqtisodiyot sektorining tezkor pul o‘tkazmalariga bo‘lgan ortib borayotgan ehtiyojini hisobga olgan holda, tomonlar uzoq muddatli strategik hamkorlikka tayyor ekanliklarini rasman ma’lum qildilar.

1W7A7385 (2).JPG
 Ma’lumot uchun: • BNY (The Bank of New York Mellon) — AQShning 1784-yilda tashkil etilgan eng boy tarixga ega banki hamda dunyodagi eng yirik global moliyaviy institutlardan biridir. Bank aktivlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq kastodial xizmatlar va korporativ-investitsion bank faoliyati sohalariga ixtisoslashgan. Bankning kastodial boshqaruvi va ma’muriyatchiligidagi aktivlari (AUC/A) 62,6 trln dollarni, bevosita investitsiyaviy boshqaruvidagi aktivlari (AUM) esa 2,2 trln dollarni tashkil etadi. Bankning o‘z balansi 472,3 mlrd dollarlik umumiy aktivlardan iborat bo‘lib, unda aksiyadorlik kapitali hajmi 44,8 mlrd dollarni, birinchi darajali kapitalning yetarlilik ko‘rsatkichi (Tier 1 capital ratio) esa taxminan 11 foizni tashkil etadi. BNY xalqaro reyting agentliklarining yuqori investitsiyaviy ishonchlilik darajasiga ega bo‘lib, uning kredit reytinglari Fitch tizimida “AA–“, Moody's talqiniga ko‘ra “Aa3” hamda S&P tomonidan “barqaror” istiqbol kutilmasi bilan “A” darajasida tasdiqlangan.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 15

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech