Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Spartakiada – 2025” sport musobaqalari o‘tkaziladi

Yangilangan sana: ...
 “Spartakiada – 2025” sport musobaqalari o‘tkaziladi
11 Avg 2025

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada ommalashtirish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinadi. An’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Spartakiada” bellashuvlari chinakam ma’noda sport bayramiga aylanadi.IMG_0049 “Spartakiada – 2025” sport musobaqalari joriy yil 16–17 va 23-avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Bosh ofis, hududlardagi Bank xizmatlari ofislarining jamoalari sportning mini futbol, stol tennisi, basketbol, voleybol, shaxmat, suzish, yengil atletika turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishadi.IMG_0050 Ushbu sport musobaqalarini o‘tkazish maqsadida tuzilgan Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, jamoa a’zolarining tayyorgarligini oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.IMG_0048 2 Bundan tashqari, sport o‘yinlarida ishtirok etuvchi guruhlarni shakllantirish maqsadida qur’a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy qo‘mita a’zolari va O‘zbekiston Futbol Asssotsiatsiyasi mas’ul xodimi Shuhrat Po‘latov ishtirokida bu jarayon shaffof tarzda o‘tkazildi.IMG_0054 Shu o‘rinda, “Spartakiada – 2025” sport musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoalar a’zolariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

IMG_0052 2.JPG

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 485

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech