Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: ...
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
21 Fev 2025

  2025-yil 21-fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni “Trastbank” XAB Kuzatuv Kengashi Raisi Tohir Sharipov olib bordi.

photo_2025-02-21_18-09-34.jpg

 Yig‘ilishda kun tartibidagi 4 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, e’lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdorini aniqlash, Bank Ustaviga o‘zgartirish kiritish, o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash hamda umumiy maqsadlarga zaxira fondini shakllantirish to‘g‘risidagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

photo_2025-02-21_18-09-35.jpg

  Bundan tashqari, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyatlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, joriy yildagi vazifalarga urg‘u berildi. Jumladan, mijozlar uchun yangi bank xizmatlarini joriy etish, bu borada xodimlarning malaka va mas’uliyatini yanada oshirish, moliyaviy ko‘rsatkich va reytinglarni yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqishga doir Bank Boshqaruviga ko‘rsatmalar berildi.

photo_2025-02-21_18-09-35 (2).jpg

  Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

photo_2025-02-21_18-09-35 (3).jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 161
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech