Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Spartakiada – 2026” sport musobaqalari o‘tkaziladi

Yangilangan sana: ...
“Spartakiada – 2026” sport musobaqalari o‘tkaziladi
14 Sen 2026

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, seleksiya va tayyorgarlik tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari sport nafaqat musobaqa, balki sogʻlom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon etadigan katta kuch ekanini taʼkidlagan edi. Qolaversa, tashkilotlarda sportni ommalashtirish bo‘yicha yangi tartib belgilanib, har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat va tuman hokimi oʻz xodimlarining sport bilan shugʻullanishi uchun namuna boʻlishi va sharoitlarni kengaytirishi shartligi qayd etilgan edi. Shuningdek, vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar oʻrtasida respublika birinchiliklari oʻtkazilishi ta’kidlangandi.photo_2026-09-14_16-25-21 Shu jihatdan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazish tizimli yo‘lga qo‘yilgan. “Spartakiada” o‘yinlari shular jumlasidandir.photo_2026-09-14_16-25-28.jpg O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida “Spartakiada – 2026” sport musobaqalari tashkil etiladi. Joriy yilning 10–11-oktabr kunlari guruhlarda saralash o‘yinlari, 17-oktabr kuni esa yarim final va final bosqichlari o‘tkaziladi.photo_2026-09-14_16-25-25 Ishtirokchilar sportning voleybol, yengil atletika (estafeta yugurishi), mini futbol, shaxmat, suzish, stol tennis turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishadi.photo_2026-09-14_16-25-23 G‘oliblar kubog, maxsus statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech