2025-yil 11-sentabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida AQShning “Column bank” (Column N.A.) delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Trastbank” XAB faoliyat geografiyasini kengaytirish, xizmatlar turini ko‘paytirish, tranzaksiyalarni optimallashtirish, shuningdek, to‘lovlarning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tomonlar o‘rtasida vakillik munosabatlari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun “Column bank” 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, AQShning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida joylashgan. U AQSh milliy banki hisoblanib, o‘z bank platformasiga ega, Federal zaxira tizimi bilan integratsiyalashgan hamda raqamli moliyaviy yechimlarni yaratish uchun infratuzilmani taqdim etadi.
Ta’kidlash joizki, “Trastbank” XAB mamlakatimiz bank tizimining ajralmas qismi sifatida xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlik doirasini kengaytirib bormoqda. Mazkur yetakchi moliya muassasasi delegatsiyasi bilan uchrashuv ham ushbu sa’y-harakatlarning izchil davomi bo‘lib, istiqbolda o‘zining ijobiy samarasini beradi, desak mubolag‘a emas.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
79