Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Ayrim to‘lovlar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi to‘g‘risida “mahalla bankiri” va “yordamchi-agent”lar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi

Yangilangan sana: 14 Aprel 2026, 11:37
Ayrim to‘lovlar naqdsiz shaklda amalga oshirilishi to‘g‘risida “mahalla bankiri” va “yordamchi-agent”lar uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi
14 Apr 2026

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish departamenti tomonidan “mahalla bankiri” hamda “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalarda “yordamchi-agent”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini bank xizmatlariga jalb qilish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan taqdimotlar qilindi.photo_2026-04-14_11-34-49.jpg Xususan, “yordamchi-agent”lar aholi va bank o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik vazifasini bajaruvchi shaxs ekanligi ta’kidlanib, aholi bilan ishlash etikasi tamoyillari, ularning ishonchini qozonish va murojaatlar bilan ishlash, aholining ehtiyojlarini aniqlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish to‘g‘risida tushuntirish berildi.photo_2026-04-14_11-34-58.jpg Bundan tashqari, seminarda Prezidentimizning “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jumladan, bank kartasi orqali to‘lov qilishning qulayliklari, ulardan xavfsiz foydalanish usullari, mobil banking xizmatlari hamda kiberxavfsizlik qoidalariga to‘xtalib o‘tildi.photo_2026-04-14_11-35-03.jpg Shuningdek, “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilinib, ularning savollariga batafsil javob qaytarildi.photo_2026-04-14_11-35-08.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 31

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech