Bank bozorida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish mijozlar ishonchini oqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Sirli mijoz” usulidan foydalangan holda operativ va professional bank xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha doimiy ravishda nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.Joriy yilning 18-noyabr va 10-11-dekabr kunlari “Trastbank” XAB “Samarqand”, “Termiz” va “Qarshi” bank xizmatlari ofislari xodimlari uchun ushbu o‘rganish natijalariga oid seminar bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda erishilgan ijobiy o‘zgarishlar hamda eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, har bir xodimning baholash anketasi tahlil qilinib, bu borada xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
220