Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” va O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi 5 mln AQSh dollari miqdoridagi shartnomani imzoladi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” va O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi 5 mln AQSh dollari miqdoridagi shartnomani imzoladi
18 Iyun 2026

 Bugun, 18-iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi (Economic Empowerment Fund for Uzbekistan — EEFU) 5 mln AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb etish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Ushbu mablag‘lar kichik va o‘rta biznes subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Moliyalashtirish islom moliyasi tamoyillariga muvofiq amalga oshirilib, tadbirkorlarning muqobil moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.121212-5.JPG Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, EEFU O‘zbekiston Respublikasi hukumati, Islom taraqqiyot banki va xalqaro investorlar hamkorligida tashkil etilgan O‘zbekistondagi ilk investitsiya jamg‘armasidir. Uning asosiy vazifasi moliyaviy va nomoliyaviy ko‘mak orqali kichik va o‘rta biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy korxonalar va kooperativlar rivojiga hissa qo‘shishdan iborat. Jamg‘arma mamlakat hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga ko‘maklashuvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. EEFU o‘z faoliyatida islomiy moliya vositalarini rivojlantirishga hamda barqaror moliyalashtirishning xalqaro standartlarini joriy etishga ham alohida e’tibor qaratadi.121212-6.JPG “Trastbank” va EEFU o‘rtasida mazkur shartnomaning imzolanishi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim qadam bo‘lib, tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining xususiy sektorini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.121212-7.JPG

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 9

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech