Ayol – borliq ko‘zgusi. U oila va jamiyatni birlashtirib, fayz-u baraka kiritadi. Xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar etadi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun erta tongdan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi va Amaliyot boshqarmasi hamda hududlardagi bank xizmatlari ofislarida bayramona tadbir tashkil etildi. Moliya muassasasiga tashrif buyurayotgan har bir ayolga alohida ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Shu o‘rinda barcha munis va dilbar opa-singillarimizni bayram bilan samimiy tabriklaymiz. Sihat-salomatlik hamda mehr-muhabbat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
281