Har ishning bir ustasi bor,
Har ustaning bir ustozi bor.
Insonning kamolga yetishi-yu, yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos. Aynan ularning fidoiyligi, sabrga yo‘g‘rilgan zahmatli mehnati tufayli ilm-fan, madaniyat va sport, turli kasb-hunarlarda yuqori marralar zabt etilmoqda.
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Siz, azizlarga sihat-salomatlik va doimo shogirdlaringiz muvaffaqiyatidan mamnun bo‘lib yurishingizni tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“Trastbank” XAB jamoasi.




