“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi savdolari ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlar uchun Bank tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Bosh ofis, “Jizzax”, “Samarqand” bank xizmatlari ofislari hamda “Navoiy” bank xizmatlari markazi rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, birja savdolarida qatnashuvchi tadbirkorlar va brokerlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuhamedov o‘z taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyosi birjasi ishtirokchilari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jumladan, milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, kredit mahsulotlari, shuningdek, birja hisobvaraqlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha yaratilgan qulayliklar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan bank mahsulotlari va xizmatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi hamda ularning savollariga masʼullar tomonida batafsil javob berildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
45