Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Birja tadbirkorlari hamda brokerlari uchun qanday xizmatlar ko‘rsatilmoqda?

Yangilangan sana: 15 Sentabr 2025, 11:52
Birja tadbirkorlari hamda brokerlari uchun qanday xizmatlar ko‘rsatilmoqda?
15 Sen 2025

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi savdolari ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlar uchun Bank tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.photo_2025-09-15_11-48-44.jpg Unda Bosh ofis, “Jizzax”, “Samarqand” bank xizmatlari ofislari hamda “Navoiy” bank xizmatlari markazi rahbar xodimlari, O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, birja savdolarida qatnashuvchi tadbirkorlar va brokerlar ishtirok etdi.photo_2025-09-15_11-48-47.jpg Uchrashuvda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuhamedov o‘z taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyosi birjasi ishtirokchilari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida so‘z yuritdi. Jumladan, milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, kredit mahsulotlari, shuningdek, birja hisobvaraqlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha yaratilgan qulayliklar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.photo_2025-09-15_11-48-52.jpg Tadbir ishtirokchilari tomonidan bank mahsulotlari va xizmatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi hamda ularning savollariga masʼullar tomonida batafsil javob berildi.photo_2025-09-15_11-48-55.jpg
photo_2025-09-15_11-48-58.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 52
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech