Bugun, 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasida “Trastbank” mutasaddilari va Birja savdolari ishtirokchilari hamda brokerlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuxamedov tomonidan Birja savdolari tadbirkorlari va brokerlari uchun ishlab chiqilgan milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, tadbirkorlarning birja savdolarining aylanma kapitali uchun kreditlar, avto va chakana kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari, korxona va tashkilotlarning Birja savdolari bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulayligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi xizmatlardan foydalanish qoidalari tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar va brokerlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.