“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z faoliyatida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib kelmoqda. Hududlarda professional xodimlar tomonidan aholiga sifatli bank mahsulotlari va xizmatlari taqdim etilmoqda.
Shu jihatdan, “Bog‘ot” bank xizmatlari markazi hamda uning qoshida Chakana amaliyotlar kassasi tashkil etildi. Ushbu Markazda mijozlarga turli kredit mahsulotlari, kartalar rasmiylashtirib beriladi.
Manzil: Xorazm viloyati Bog‘ot tumani “Oqtepa” MFY “O‘zbekiston” ko‘chasi 1140-uy.
Aloqa markazi: 1287.




