“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z faoliyati davomida har bir xodim tomonidan mijozlarga sifatli va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatishiga alohida e’tibor qaratadi. Ularning bilim va ko‘nikmalarini boyitib borish maqsadida muntazam ravishda turli o‘quv-seminarlari, “team building” tadbirlari o‘tkaziladi.
2026-yil 15-16-avgust kuni “Trastbank” XAB Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan moliya muassasasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun navbatdagi “team building” tadbirlari tashkil etildi. Unda Toshkent amaliy fanlar universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti Nargiza Norqulova ishtirok etib, “Stressga qarshi turish va nizolarni boshqarish ko‘nikmalari” mavzusida taqdimotlar qildi.
Seminarda stressga qarshi turish uchun sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish, jismoniy faollikni oshirish va hissiy holatni nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi. Shu jihatdan, stressning belgilari, sabablari, turlari va unga qarshi turish choralari amaliy misollar bilan tushuntirib berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
13



