So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi yosh-u keksani birdek qamrab, umummilliy harakatga aylandi. Turli mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, atrof-muhitni asrash, obodonlanshtirish orqali ekologik barqarorlik ta’minlanmoqda.
Ushbu jarayonlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “Samarqand” bank xizmatlari ofisi tomonidan Payariq tumanida bog‘dorchilikka ixtitoslashgan “Olmazor” mahallasi ahliga 1500 tupdan ziyod ko‘chatlar taqdim etildi. Qolaversa, moliya muassasasi xodimlari, mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar ham mazkur xayrli ishga hissa qo‘shib, daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam – mehnati bilan, deb bejiz aytishmagan. Bugungi sa’y-harakatlar yil o‘tib o‘z mevasini bersa maqsadga erishgan bo‘lasan, kishi.





