Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Darxon” bank xizmatlari ofisida birja savdolari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yangilangan sana: 28 May 2025, 18:13
“Darxon” bank xizmatlari ofisida birja savdolari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
28 May 2025

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Darxon” bank xizmatlari ofisida O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi savdolari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda “Trastbank” Bosh ofisi mutasaddilari, “Darxon” BXO mas’ullari, O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi Toshkent filiali boshqaruvchisi va brokerlar ishtirok etdi.photo_2025-05-28_18-04-31.
photo_2025-05-28_18-04-12. Uchrashuvda “Trastbank”da O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyosi birja savdosi ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlar hamda brokerlar uchun ishlab chiqilgan bank mahsulotlari va xizmatlari haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, korxona va tashkilotlarning Birja savdolari bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulaylikligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan xizmatlar yuzasidan tushunchalar berildi.photo_2025-05-28_18-04-35
photo_2025-05-28_18-04-40 Qolaversa, qulay shartlarda ishlab chiqilgan milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, biznes va chakana kredit mahsulotlari hamda Birja hisobvaraqlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga doir yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida so‘z yuritildi.photo_2025-05-28_18-04-58 Shuningdek, “Trastbank” masʼullari tomonidan ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 112
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech