Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatilganligi uchun vositachilik haqi tariflariga qo‘shimchalar kiritilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Trastbank” XAB mijozlarining topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga (jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatilgani uchun) qo‘shimcha kiritilmoqda.
Xususan, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida eskrou hisobvaraq bilan bog‘liq xizmatlar (naqd yoki naqdsiz kirim qilish, sotuvchiga o‘tkazish va sotuvchiga naqd pulda berish yoki boshqa hisobvaraqqa o‘tkazish) uchun komissiya miqdori quyidagicha belgilanmoqda:
Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bitimi (amaliyoti) bo‘yicha:
Sotuvchi hisobraqami yoki bank kartasi “Trastbank” XAB tizimida ochilgan bo‘lsa 1 ta bitim bepul;
Sotuvchi hisobraqami yoki bank kartasi boshqa tijorat bankida ochilgan bo‘lsa 1 ta bitim BHMning 50 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Avtotransport vositasi oldi-sotdisi bitimi (amaliyoti) bo‘yicha:
Sotuvchi hisobraqami yoki bank kartasi “Trastbank” XAB tizimida ochilgan bo‘lsa 1 ta bitim bepul;
Sotuvchi hisobraqami yoki bank kartasi boshqa tijorat bankida ochilgan bo‘lsa 1 ta bitim BHM ning 50 foizi miqdorida;
Ko‘chmas mulk yoki avtotransport vositasining oldi-sotdisi bitimi tuzilmaganda yoki bekor qilingan taqdirda eskrou hisobvaraqdagi pul mablag‘larini qaytarib berish 1 ta bitim uchun bepul tarzda amalga oshiriladi.
Mazkur qo‘shimchalar 2026-yil 1-aprel kunidan e’tiboran kuchga kiradi.
Batafsil ma’lumot uchun havola:https://trastbank.uz/uz/private/tariffs/individuals/?bitrix_include_areas=Y&clear_cache=Y




