“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z mol-mulki (avtotransporti)ning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:Tashkilot ustavining nusxasi (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Tashkilotning litsenziya va guvohnoma nusxalari;
- Bajariladigan ishning aniq muddati va qiymati ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Tijorat takliflarini 2025-yil 18-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 gacha quyidagi manzilga yetkazish lozim:
O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy. Hujjatlar muhrlangan konvertlarda va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlangan holda topshirilishi shart.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: (998 71) 207-36-42.