Shu kunlarda mamlakatimizda “Dolzarb 30 kun” yong‘in xavfsizligi oyligi tadbirlari o‘tkazilib, ijtimoiy, iqtisodiy soha va qurilish obyektlari, bozorlar, savdo maskanlarida profilaktik tadbirlar hamda o‘quv mashqlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday o‘quv seminarlaridan biri “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida ham bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtimizning Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutasaddilari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish berildi.
Bundan tashqari, yong‘inlar ro‘y berganda xodimlarni evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
119