“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Inson–jamiyat–davlat: ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot omillari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova ishtirok etib, nutq so‘zladi. Ta’kidlanganidek, insonning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy fazilatlari bu uning odob-axloqi, ta’lim-tarbiyasi, Ona Vatanga bo‘lgan muhabbatidir. Insonlarning jamiyatda yashashdan maqsadi esa farovon turmush kechirishdan iborat. Jamiyatdagi munosabatlar xilma xilligiga qarab uning ma’naviy-madaniy sifatlari oshib, mustahkam bo‘lib boradi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova hayotidan hikoya qiluvchi kinofilm namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Mehnat shuhrati” ordeni kabi yuksak unvonlar bilan taqdirlangan olima 75 yoshni qarshi olishi arafasida tasvirga olingan ushbu film uning millatparvarligi, xalqsevarligi kabi yuksak insnoniy fazilatlardan so‘zlaydi.
Bundan tashqari, tadbirda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mutasaddilari professor-olima J.Shermuxamedovaning 75 yoshi bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va jo‘shqiz shijoat also tark etmasligini tiladi. Shuningdek, moliya muassasasida xodimlar, ayniqsa, yoshlar uchun turli qiziqarli seminar-treninglar o‘tkazib, qimmatli maslahatlari bilan ularning qalbidan joy olganini qayd etdi.