Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 15 Mart 2024, 15:06
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
15 Mar 2024

 2024-yil 14-mart kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Bank xodimlari uchun “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh bank mutasaddilari va mutaxassislari hamda videokonferensaloqa orqali hududlardagi Bank xizmatlari ofislari xodimlari ishtirok etdi.

1.jpg

2.jpg

 Ushbu ma’naviy tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shuhrat Toxtiyev tomonidan har bir kishining, ayniqsa, yosh avlodning komil inson bo‘lib voyaga yetishida diniy va dunyoviy bilimlarning ahamiyati yuzasidan ma’ruza qilindi.

4.jpg

 Bundan tashqari, bugungi axborot almashinuvi davrida turli yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, haq qanday jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish zarurligiga urg‘u berildi. Qolaversa, muqaddas islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishi ta’kidlandi.

5.jpg

6.jpg

 Shuningdek, Ramazon oyining fazilatlari, to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq muhim maslahatlar berildi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob qaytarildi hamda turli diniy ekstremistik g‘oyalardan ogoh bo‘lishga chorlovchi videolavha namoyish etildi.

7.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 384
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech