Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir o‘quv seminari o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir o‘quv seminari o‘tkazildi
16 Iyun 2026

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga doir o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda Markaziy bank, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutaxassislari ishtirok etib, sohadagi ilg‘or tajriba hamda amaliy yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdilar.
 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutasaddilari tomonidan milliy qonunchilik normalari, xalqaro FАTF standartlari talablari, bank tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, moliyaviy operatsiyalardagi xatarlar, sanksiyaviy cheklovlar hamda shubhali operatsiyalarni aniqlash mezonlari yuzasidan taqdimotlar qilindi. Qolaversa, bank amaliyotida bu borada uchraydigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish mexanizmlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.photo_2026-06-16_12-39-17.jpg Bundan tashqari, xalqaro standartlarni milliy amaliyotga tatbiq etish, tavakkalchilikka asoslangan yondashuvni kuchaytirish va mijozlarni lozim darajada o‘rganish masalalari real keyslar asosida tahlil qilindi.
 Shuningdek, ishtirokchilar manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish, xavflarni baholash, shubhali operatsiyalarni tahlil qilish va komplaens madaniyatini mustahkamlash bo‘yicha aniq amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.photo_2026-06-16_12-39-12.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 0

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech