“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boş ofisida “Kibermadaniyatni yuksaltiriş” oyligi doirasida Toşkent şahar Şayxontohur tumani Içki işlar boşqarmasi Kiberprofilaktika bölimi xodimlari iştirokida öquv seminari ötkazildi.
Unda kiberxavfsizlik talablariga rioya etiş, kiberfiribgarlik holatlarining oldini oliş yuzasidan taqdimotlar qilindi. Xususan, soxta bank xodimlari nomidan amalga oşiriladigan qönğiroqlar, fişing havolalari, bank kartalari ma’lumotlarini qölga kiritiş, SMS-kod va bir martalik parollarni aldov yöli bilan oliş kabi firibgarlik usullari haqida tuşuntirişlar berildi.

Bundan taşqari, bugungi kunda mamlakatimizda kiberjinoyatçilik va internet firibgarligining kölami, sodir etiliş usullari hamda uşbu turdagi jinoyatlarning ortib borayotgani qayd etildi. Ta’kidlanganidek, joriy yilning 9-oktabr holatiga köra, yil boşidan mamlakatimizda 69 mingdan ortiq kiberjinoyat sodir etilgan. Fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar esa 1 trln sömdan oşgan.
Seminarda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, ularning oldini oliş çoralari, firibgarlikning keng tarqalgan şakl va sxemalari hamda ulardan himoyalaniş usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Şuningdek, iştirokçilarni qiziqtirgan savollariga atrofliça javob qaytarildi.





