“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “mahalla bankir”lari va “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish departamenti mutaxassislari tomonidan qarz yukini oqilona boshqarish mavzusida taqdimot qilindi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalarda yordamchi-agentlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali aholi va tadbirkorlik subyektlarini bank xizmatlariga jalb qilish hamda ularning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, o‘quv seminarida ishtirok etgan “mahalla bankir”lari va “yordamchi-agent”lar tomonidan yuqoridagi mavzu atroflicha muhokama qilinib, ish faoliyatida to‘g‘ri foydalanish muhim ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ularning savollariga atroflicha javob qaytarildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
11



