Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Yangilangan sana: 10 Avgust 2026, 12:00
“Mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
10 Avg 2026

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. 
 Unda bugungi kunda kiberfiribgarlik holatlarining ortib borayotgani, shu jihatdan aholi va bank mijozlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirishni dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi ta’kidlandi. Kiberhujumlar va kiberfiribgarlikning zamonaviy usullari, bank kartalaridan xavfsiz foydalanish, drop kartalarning mazmuni va ularning huquqiy oqibatlari amaliy misollar orqali tushuntirildi.photo_2026-08-10_11-57-33.jpg Bundan tashqari, noma’lum manbalardan yuborilgan APK ilovalari hamda virusli fayllarni ochmaslik, shubhali havolalarga kirmaslik, qolaversa, bank kartasi ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.photo_2026-08-10_11-57-44.jpg Shuningdek, “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”larni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.photo_2026-08-10_11-57-37.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 17

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech