“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga (jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatilganligi uchun) o‘zgartirish kiritilayotganligini ma’lum qiladi.
Jumladan, bank kartalariga naqd pul mablag‘larini kirim qilish uchun quyidagicha komissiya belgilanmoqda:
boshqa bank kartalariga bank kassalari va bankomatlar orqali – 1 %;
“Trastbank” XAB kartalariga bank bankomatlari orqali – 0,5 %;
“Trastbank” XAB kartalariga bank kassalari orqali kirim qilish esa bepul amalga oshiriladi.
Bunda komissiya kirim qilinayotgan mablag‘ summasidan olinadi.
Mazkur o‘zgartirish 2026-yil 25-sentabrdan kuchga kiradi.
Aloqa markazi: 1287.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
11



