“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida xodimlarning kasbiy malakasi va muomala madaniyatini oshirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Bugun, 5-noyabr kuni o‘tkazilgan seminar ham shular jumlasidandir. “Muammoli mijozlar bilan ishlash, stress bardoshlikni oshirish” mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Sotsiologiya va psixologiya” kafedrasi katta o‘qtuvchisi R.To‘raxo‘jayeva tomonidan olib borildi. U mijozlar bilan muloqotda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish va stressni yengish usullari bo‘yicha taqdimot qildi. Mutaxassis o‘z so‘zida shaxsning psixologik potretini shakllantirishga ta’sir etuvchi biologik va psixologik omillar, ijtimoiy munosabatlar, qolaversa, stressbardosh bo‘lishda fiziologik jihatdan sog‘lom bo‘lishning ahamiyatiga urg‘u berdi. Qiziqarli mashg‘ulotlarga boy bo‘lgan seminar davomida xodimlar muammoli mijozlar bilan samarali ishlash usullari, his-tuyg‘ularni boshqarish, faol tinglash texnikasi, stress turlari va uni boshqarish usullari, ish vaqtini optimallashtirish, biznes muloqotining etikasi, professional axloq qoidalari, e’tirozlar bilan ishlash kabi jihatlarga doir bilim va ko‘nikmalarini boyitishdi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
135