Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Naqdsiz to‘lovlar joriy etilishi yuzasidan mahallalarda aholi orasida tushuntirishlar olib borildi

Yangilangan sana: ...
Naqdsiz to‘lovlar joriy etilishi yuzasidan mahallalarda aholi orasida tushuntirishlar olib borildi
13 Mar 2026

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan poytaxtimizdagi “Al-Xorazmiy”, “Beltepa”, “Bo‘ston” va “Iyk ota” mahallalarida tashkil etilgan kutubxonalarda ushbu hududlar aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Trastbank” XAB mas’ul xodimlari tomonidan joriy yilning 1-aprel kunidan joriy etilayotgan yangi tartib to‘g‘risida taqdimot qilindi.

photo_2026-03-13_16-37-14.jpg

 Jumladan, 1-apreldan boshlab ayrim to‘lovlar bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinishi, bu amaliyot hisob-kitoblar shaffofligi, fuqarolar uchun qulaylik yaratish va moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.photo_2026-03-13_16-37-17.jpg Qayd etilganidek, naqdsiz to‘lov tartibi davlat xizmatlari, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatlari, 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan yirik xaridlarda qo‘llaniladi.photo_2026-03-13_16-37-19.jpg Bundan tashqari, uchrashuvda kiberhujumlarga qarshi kurashish borasida zarur tavsiyalar berildi.photo_2026-03-13_16-37-21.jpg Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech