“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan poytaxtimizdagi “Al-Xorazmiy”, “Beltepa”, “Bo‘ston” va “Iyk ota” mahallalarida tashkil etilgan kutubxonalarda ushbu hududlar aholisi bilan uchrashuv tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Trastbank” XAB mas’ul xodimlari tomonidan joriy yilning 1-aprel kunidan joriy etilayotgan yangi tartib to‘g‘risida taqdimot qilindi.
Jumladan, 1-apreldan boshlab ayrim to‘lovlar bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinishi, bu amaliyot hisob-kitoblar shaffofligi, fuqarolar uchun qulaylik yaratish va moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, naqdsiz to‘lov tartibi davlat xizmatlari, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xizmatlari, 25 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan yirik xaridlarda qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, uchrashuvda kiberhujumlarga qarshi kurashish borasida zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.





