Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Poytaxtimizning bir qator kutubxonalarida “Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida ochiq dars o‘tkazildi

Yangilangan sana: 8 May 2026, 16:40
Poytaxtimizning bir qator kutubxonalarida “Umumjahon pul haftaligi – 2026” doirasida ochiq dars o‘tkazildi
8 May 2026

 Avval xabar berilganidek, shu kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabussi bilan “Umumjahon pul haftaligi – 2026” tadbirlari o‘tkazilmoqda. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, mahallalar ahli, o‘quvchi-yoshlar, talabalar ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etmoqda. Yosh-u keksani birdek qamrab olib, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

photo_2026-05-08_12-54-02.jpg

photo_2026-05-08_12-19-23.jpg

 Poytaxtimizning “Al-Xorazmiy”, “Beshqayrag‘och”, “Beltepa”, “Bo‘ston”, “Iyk-ota”, ‘Kamolon darvoza”, “Gulobod”, “Majnuntol” mahallalarida bunyod etilgan kutubxonalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan ochiq darslar o‘tkazildi. Ularda ishtirok etgan hudud ahli, yoshlarga moliya-iqtisod siyosati, kreditlarning foyda va xatarlari haqida tushuntirish berildi.

photo_2026-05-08_12-19-09.jpg

photo_2026-05-08_12-19-13.jpg

 Bundan tashqari, pul mablag‘larini jamg‘arib borish, raqamli iqtisodiyot va “onlayn banking” tartibi, kiberxavfsizlik qoidalari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Qolaversa, volontyor guruh a’zolari tomonidan mazkur mavzularda taqdimotlar qilindi.

photo_2026-05-08_12-18-58.jpg

 Shuningdek, faol ishtirok etgan yoshlar “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 10

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech