Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Navbatdagi seminar kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 5 Fevral 2021, 12:19
Navbatdagi seminar kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi
3 Fev 2021

Joriy yilning 2 fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Bank O‘quv markazi hamda Pul muomalasi va kassa ishini tashkil etish departamenti bilan hamkorlikda “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Pul muomalasi va omonat amaliyotlari boshqarmasi boshlig‘i Akbarjon Atajonov seminar qatnashchilariga Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda ularni tashish, bank kassa tarmog‘i hamda bank binosi va binodan tashqarida kassalarni qurish, jihozlash va qo‘riqlash bo‘yicha tushunchalar berdi.

Shuningdek, kassalarda naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan ishlash (sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash va kassa operatsiyalarini bajarish), ularning but saqlanishini ta’minlash masalalari bo‘yicha yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berdi.

Seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2088

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech