Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trast Leasing” tashkil etilganligining 15 yilligi bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 11 Fevral 2026, 16:48
“Trast Leasing” tashkil etilganligining 15 yilligi bo‘lib o‘tdi
11 Fev 2026


 

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki salkam 31 yillik faoliyati davomida xizmat ko‘rsatish sifati, yo‘nalish va tarmoqlarini kengaytirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib kelmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida moliya bozoridagi o‘rni mustahkamlanib, mijozlar ishonchini oqlab kelmoqda.photo_2026-02-11_16-39-41.jpg

“Trast Leasing” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bankning sho‘ba lizing kompaniyasi sifatida ushbu an’analarga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Keng ko‘lamli samarali operatsiyalarni amalga oshirish orqali biznesni kengaytirish strategiyasini ro‘yobga chiqarib kelayotir.

Bugun, 9-fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining sho‘ba lizing kompaniyasi – “Trast Leasing” MCHJ tashkil etilganining 15 yilligiga bag‘ishlab tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bank rahbariyati va mijozlar, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.photo_2026-02-11_16-40-03.jpg 

Ta’kidlanganidek, 2011-yilda asos solingan “Trast Leasing” qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi lizing hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi va O‘zbekiston Lizing uyushmasining eng birinchi hamda faol a’zolaridan biriga aylandi. Kompaniya o‘zining 15 yildan ziyod faoliyati mobaynida O‘zbekistonning barcha hududlarida turli sohalarda qator loyihalarni amalga oshirdi va O‘zbekiston Lizing uyushmasining yillik reytingida xususiy lizing kompaniyalari orasida doimiy ravishda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Bundan tashqari, “Trast Leasing” lizing, sug‘urta, texnika, mashina va uskunalar yetkazib berish hamda boshqa yo‘nalishlarda o‘zini namoyon etgan yirik kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirmoqda. “Trast Leasing” strategiyasi ishonchlilik va sifatning yuqori darajasini saqlab qolgan holda o‘z mijozlariga lizing bitimlarini amalga oshirishning eng keng imkoniyatlarini taqdim etishdan iboratdir.photo_2026-02-11_16-39-58.jpg

Quyidagi raqamlar ham bu boradagi ishlar samaradorligidan so‘zlaydi. Birgina 2025-yilda Kompaniya tomonidan jami 59 milliard 366 million so‘mlik 41 ta lizing va 8 ta moliyaviy ijara loyihasi amalga oshirildi. Joriy yil boshidagi holatga ko‘ra lizing portfeliga umumiy qiymati 94 milliard 65 million so‘mlik 178 ta loyiha kiritilgan. Kompaniyaning ustav kapitali 191 milliard 150 million so‘mni tashkil etadi.

Muxtasar qilib aytganda, Kompaniya faoliyati davomida har bir mijozga eng moslashuvchan va samarali individual yondashuvni qo‘llash bilan bir qatorda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini ta’minlamoqda.

 

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 0

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech