Ma’lumki, 31-oktabr – “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day) deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan mazkur sana doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham faol ishtirok etmoqda. Bugun, 22-oktabr kuni bank-moliya yo‘nalishida o‘z bilimlarini boyitish maqsadida “Trastbank”ka tashrif buyurgan “Evrika Bilimdon” nodavlat ta’lim muassasasi xususiy maktabi o‘quvchilari uchun ochiq dars va ekskursiya o‘tkazildi. Ochiq darsda o‘quvchilar budjetni rejalashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar olish, jamg‘armalarning ahamiyati va investitsiya imkoniyatlari haqidagi bilimlarini boyitish, raqamli moliyaviy savodxonlik, raqamli bank hamda omonatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, Amaliyot boshqarmasi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinib, moliya muassasasi faoliyati haqida so‘zlab berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazilgan ushbu ochiq darsda faol qatnashgan o‘quvchi-yoshlarga “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari topshirildi. Biz moliyaviy mustaqillik va muvaffaqiyatli kelajakka tayyor bo‘lgan yosh avlodni ko‘rishdan va ularning moliyaviy bilimlarini mustahkamlashga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz!
#Trastbank #MoliyaviySavodxonlik #WorldSavingsDay #Globalmoneyweek